Elit OCHL. Saudiyada gollar shousi, Nunesning benefisi va Iroqda super kambek

Aslanov Jasurbek
17 fev 2026, 02:22
Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasining G'arbiy mintaqasida 8-tur o'yinlari davom ettirildi.

Saudiya Arabistoni klublari o'z maydonida g'alaba qozonishdi, Iroqda esa mezbonlar Qatar klubiga qarshi irodali g'alabaga erishdi.

Quyida o'yin natijalari va gol mualliflari bilan tanishing:

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Shabab Al Ahli" (BAA) 4:3

Gollar: Al Buraykan 12, Planich 35 (avtogol), Millo 45+3, Abu Al Shamat 52 (pen) - Breno 66, Breno 78, Al Mansuri 90+5.



"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vahda" (BAA) 2:1

Gollar: Nunes 19, Nunes 77 - Diarra 32.



"Al Shorta" (Iroq) - "Al Duhayl" (Qatar) 3:2

Gollar: Shakir 19, Sambu 57, Sambu 58 - Pyontek 10, Burijo 45+2 (pen).



TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia