

O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Paxtakor" klubi guruh bosqichini 17 sentyabr kuni Toshkentda BAA chempioni "Al Vasl" klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydigan bo'ldi.
"Al Vasl" tarkibidagi eng mashhur legioner futbolchi bu shveytsariyalik Xaris Seferovich hisoblanadi. 32 yoshli hujumchi faoliyati davomida "Fiorentina", "Lechche", "Real Sosedad", "Ayntraxt F", "Benfika", "Galatasaroy", "Selta" kabi mashhur klublarda o'ynagan. 2013 yildan buyon Shveytsariya milliy terma jamoasi safida 93 ta o'yin o'tkazgan va 25 ta gol urgan. Xaris 2014 yil Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida Ekvador darvozasiga to'p kiritgan. Evro-2020da esa Turkiya va Fransiya bilan uchrashuvlarda gol urishga erishgan. 2019 yil Shveytsariyada yil futbolchisi deb topilgan. 2009 yil U-17 Jahon chempionatida g'olib bo'lgan.




