

Kecha Saudiya Arabistonning "Al Hilol" jamoasi "Al Shorta"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi va ochkolar sonini 15 taga etkazib, pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Shuningdek, BAAning "Al Vahda" jamoasi kecha "Al Sadd"ni mag'lub etdi va ular ham keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qildi.
Eslatib o'tamiz, yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Nasaf" ushbu turda "Traktor"ga mag'lub bo'ldi va hozircha guruhda bitta ham ochko olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
Turnir jadvali bilan tanishing:




