Eldor Shomurodov "Shalke" qiziqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2019, 15:50
Bugun O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov SPORT telekanali mehmoni bo'ldi.

"Agentlarim bilan gaplashganimda SSKA klubidan qiziqish borligini aytishdi. Ammo "Shalke" haqidagi xabarlarni internetda o'qidim. "Rostov" ustozi Karpin meni hali beri sotish niyatida emasligini aytdi. Takliflarga e'tibor bermasdan faqat futbol haqida o'ylashimni aytdi. Agar bu yil to'purar bo'lsang Yevropaga ketaverasan dedi Karpin", - deydi Eldor Shomurodov SPORT telekanali efirida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia