Eldor Shomurodov Romaning Angliyadagi mashg'ulotlariga qo'shildi

Khoja
9 avg 2024, 09:13
Roma klubi yangi mavsum oldi Angliyada yig'in o'tkazmoqda.

Ushbu yig'in avvalida Eldor Shomurodovning mamlakatga kirish uchun vizasi bo'lmagani sababli qatnasha olmagandi. Hamyurtimiz viza bilan muammoni hal qilgan va Romaning Angliyadagi yig'iniga qo'shilgan.

Endi Daniele De Rossi uni 10 avgust kuni Gudison Park stadionida o'tadigan Evertonga qarshi o'tadigan o'rtoqlik bahsida maydonga tushirishi mumkin. Bahs soat 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia