Eldor Shomurodov "Roma" mashg'ulotlariga qaytdi

Mirjalol Normatov
2 avg 2024
"Roma" futbolchisi Eldor Shomurodov rimliklar mashg'ulotlariga qaytdi.

Olimpiadadagi ishtirokdan so'ng Shomurodov "Roma" mashg'ulotlarida ishtirok etdi.

Yaqin vaqtlarda tarkibiga boshqa bir hujumchini qo'shib olishga yaqin turgan "Roma" Shomurodovni yangi mavsumda ham boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishi kutilmoqda. Ayni damda uning xizmatlariga "Verona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumni "Kalyari" tarkibida o'tkazgan hujumchi 24 o'yinda 3tadan gol va assist qayd etdi. Uning "Roma" bilan yana bir yillik shartnomasi bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Planeta_Roma