Eldor Ergashev: “Maqsadimiz kuchli uchlikka kirish”

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016
"Zomin" - "Norin" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Eldor Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.

- “Zomin” jamoasi bilan o'tgan uchrashuv qiyin bo'ldi. Oldingi turda “Dinamo” jamoasidan mag'lubiyatga uchragan edik, shunday bo'lsada murabbiylarimiz bizlarni bugungi uchrashuvda faqat g'alaba qozonishga undashdi va biz o'z maqsadimizga erishdik. Maqsadimiz keyingi tur  uchrashuvlarida ham g'alaba qozonib, musobaqa so'ngida kuchli uchlikka kirish”,- dedi yarim himoyachi.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia