El-Xaddadi "Selta"ga ijaraga berilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2014, 23:49
Qishgi transfer vaqtida Munir El-Xaddadi "Selta"ga o'tishi mumkin.
Mavsum boshida futbolchi "Barselona"ning asosiy tarkibidan o'rin olgandi. 19 yoshli futbolchi 7 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol ham kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Shuningdek, YCHL uchrashuvida ham o'yinga tushgan.

Yaqinda Luis Suaresning diskvalifikaciya muddati yakunlanganidan so'ng futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotadi. "Selta"da esa u muntazam ravishda maydonga tushishi mumkin.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru