"El-Klassiko"gacha...

Aslanov Jasurbek
3 dek 2016, 19:31
Bugun, 3 dekabr Toshkent vaqti bilan 20:15da "Kamp Nou" stadionida "Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi Ispaniya chempionatining 14-tur uchrashuviga start beriladi.

Ushbu uchrashuv boshlanguniga qadar stadion ichi va uning atrofida sodir bo'layotgan voqealarni yoritishga harakat qilamiz.


YANGILASH


17:35. 36 mamlakatdan tashrif buyurgan 850 dan ortiq professionallar ushbu "El-Klassiko"ni "Kamp Nou"dan yoritadi.





17:40. "Barselona" sobiq futbolchisi, hozirda "Everton" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Ronald Kuman Kataloniya klubiga "El-Klassiko"da omad tiladi.



17:50. "Bein Sports" muxbiri Jon Ferreyraning ma'lum qilishicha, mahalliy vaqt bo'yicha soat 09:00da "Kamp Nou" maysasi hodimlar tomonidan qayta tekshirilib, unga yana ishlov berilgan.



18:15. "El-Klassiko" boshlanishiga 2 soat qoldi.



18:22. Futbolchilar mana shu yo'ldan stadionga kirib ketishadi.



18:27. "Kamp Nou" chimi ideal holatda.



18:28. Erik Abidal ham ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan.



18:35. Muxlislar asta-sekin tribunadagi o'z joylarini egallashmoqda.



18:36. Bugun "Kamp Nou" stadionida ajoyib mozayka bo'ladi.





18:40. "Barselona"ga qarshi bahsdan oldin "Real" prezidenti Florentino Peres jamoa a'zolari bilan uchrashdi.









18:42. "Real" va "Barselona" muxlislari orasida mehr-oqibat yo'qolmagan.




19:12. "Barselona" va "Real" tarkibi e'lon qilindi

http://championat.asia/uz/news/141777



19:30. "Barselona" va "Real" direktorlari uchrashuvdan oldin birgalikda suratga tushishdi.



19:43. Uchrashuvga 30 daqiqa qolganda barchani "Barselona" - "Real" uchrashuvining matnli translyatsiyasiga taklif qilamiz.

Bu sahifa boshqa yangilanmaydi. MATNLI TRANSLYATSIYA


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia