Effenberg: "Agar "Volfsburg" Shyurrleni xarid qilsa, ular "Bavariya"ga yaqinlashib oladi"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2015, 11:40
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Shtefan Effenberg "Volfsburg"ga "Chelsi"dan Andre Shyurrleni sotib olishni maslahat berdi.

"U rozi bo'lganda, bunday imkoniyat paydo bo'lganda futbolchini zudlik bilan xarid qilish kerak. Shyurlle "Volfsburg"ning o'yin uslubiga to'g'ri keladi. Jamoa bundan faqat yutadi. Agar "Volfsburg" Shyurlleni xarid qilsa, bu "Bavariya"ga yaqinlashish uchun yana bir qadam bo'ladi" - deydi Effenberg.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "bo'rilar" Andre Shyurlle uchun "Chelsi"ga 30 mln evro taklif qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com