Edin Jeko: "Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi"

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 14:15
"Manchester Siti" hujumchisi Edin Jeko YCHL 1-turidan o'rin olgan "Viktoriya"ga qarshi o'yindan (3:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'lim oson o'tgani yo'q. Biz gol urishimiz mumkin edi, ammo hisobni ikkinchi bo'limdagina ochdik. Shundan so'ng barchasi o'z joyiga tushdi. Bu g'alaba bizga juda ham kerak edi. O'ylashimcha, yangi kelgan futbolchilar bilan jamoamiz yanada kuchaydi. Hali oldimizda o'yinlar ko'p, shu sababli barcha maydonga tushishga ulguradi", - deydi Jeko VVS ga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net