Eden Azar: "Mourinyoni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblayman"

Aziz Tukhtamuradov
16 okt 2014, 20:39
"Chelsi" futbolchisi Eden Azarning fikricha klub bosh murabbiyi Joze Mourinyoning tanqidlari uni bezovta qilmaydi.
"Murabbiy meni ochiqdan-ochiq tanqid qilishi faoliyatimda ilk bora ro'y bermoqda. Odatda, barcha mutaxassislar meni himoya qilishardi. Mourinyo mening barcha imkoniyatimni ishga solishimni istaydi va buning uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
"Jozega hurmatim baland. Uni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblayman. U menga doim ishonch bag'ishlaydi. Hattoki, omadsizliklardan so'ng ham u menga ishonadi va asosiy tarkibda maydonga tushiradi.

U menga ortiqcha bosim o'tkazmaydi", - deydi Azar.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru