Eden Azar: Mbappe “Oltin to'p”ga munosib!

9 iyul 2018, 08:36
Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar JCH-2018 yarim finalida Fransiyaga qarshi o'yin oldidan raqibi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

“Men u bilan telefonda bir necha marta gaplashdim. U yoshligida mening o'yinlarimni kuzatganini aytdi, endi esa uning qanday o'ynayotganini ko'ring. 19 yoshida nimalar qila olayotgani sabab ham uni juda hurmat qilaman. Zamonaviy futbol uchun bu noodatiy holat. U kelajakda “Oltin to'p”ga nomzod bo'ladi. Lekin men uni hoziroq bunga munosib deb o'ylayman”- dedi Azar.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports