Edegor Vinisiusni "Arsenal"da ko'rmoqchi

Alisher
22 mar 2025
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor jamoada ko'rishni istagan futbolchisini aytdi.

Norvegiyalik futbolchi "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisiusni afzal ko'rdi. U nima uchun bunday tanlov qilganini tushuntirdi.

"Agar "Arsenal"ga istalgan futbolchini sotib olsam, kimni tanlagan bo'lardim? Vinisius - dunyodagi eng yaxshisi, shuning uchun uni olishim tabiiy", - dedi Edegor.

Vinisius bu mavsum "Real" safida 39 ta o'yin o'tkazib, ularda 18 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: TV2Sport