Edegor "Real Sosedad"ga qaytishi mumkin

Alisher
21 yanv 2021, 17:37
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor ijara asosida "Real Sosedad"ga qaytishi mumkin.

Futbolchining o'zi ko'proq o'ynash uchun "qaymoqranglilar" safini tark etishini bildirdi. 

"Qirollik klubi" norvegiyalik futbolchini yana basklarga berishga tayyor, ammo joriy mavsum so'nggiga qadar va xarid qilish huquqisiz.

Edegor oldin ham "Sosedad"da ijara asosida o'ynagan. 22 yoshli xavbek joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, jami 232 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca