Edegor - Norvegiya termasining yangi sardori

Ijara huquqi asosida "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor Norvegiya terma jamoasining yangi sardoriga aylandi.

Terma jamoaning sobiq sardori Stefan Yoxansen ("Fulxem") avvalroq Norvegiya bosh jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli Edegor Norvegiya terma jamoasi safida 2014 yil (16 yosh) debyut qilgan edi.


Manba: instagram.com/fotballandslaget