YCHL. Yarim final javob bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2014, 17:24
UEFAdagilar "Bavariya" - "Real" va "Chelsi" - "Atletiko" uchrashuvlarini bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini ma'lum qildi, bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
UEFA o'tgan haftada vafot etgan Tito Vilanova va Vuyadin Boshkovni xotirlashga qaror qildi.

"Barselona" sobiq ustozi Vilanova 45 yoshida hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, "Real", "Sampdoriya" va Yugoslaviya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi 83 yoshida bu dunyoni tark etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net