YCHL. "Tottenxem" - "Manchester Siti" 1:0. Koreyalik futbolchi "shporlar"ga g'alaba keltirdi

10 apr 2019, 01:55
Son Xyon Minning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qildi.

Uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Tottenxem Angliya – Manchester Siti Angliya 1:0 

Tottenxem Xotspur Stedium

Gol: 1:0 – 78 Son Xyon Min.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Uinks (Vanyama, 81), Alli (Lorente, 87), Sissoko, Keyn (Lukas Moura, 58), Son Xyon Min.

Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Maxrez (Sane, 89), Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 71).

Ogohlantirishlar: Rouz (12), Laport (28), Maxrez (59).


           MATNLI TRANSLYATSIYA LIVE

                     YANGILASH

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'zgarish "Siti" tarkibida. Maxrez o'rniga Sane, David Silva o'rniga de Bryuyne tushdi. Endi kechmasmikin?

87. O'zgarish. Alli o'rniga Llorente tushdi. 

81. O'zgarish. Uinks o'rniga Vanyama tushdi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL! Son Xyon Min - 1:0. Koreyalik texnik mahorat evaziga ajoyib harakat qildi va gol urdi.

70. O'zgarish. Aguero o'rniga Jezus tushdi. 

69. Gyundogan ham kichik shikastlandi, lekin o'yinni davom ettira oladi. 

66. "Tottenxem" o'yinida pasayish yuzaga kelgan. Keynning jarohat olishi "shporlar"ga salbiy ta’sir qildi. 

59. Maxrez Mourani qo'pollik evaziga to'xtatdi va ogohlantirildi

58. O'zgarish. Keyn o'rniga Lukas Moura tushdi

56. Xarri Keyn jarohat oldi

49. Son Xyon Minning zarbasi va Keyndan super zarba. Birinchisi noaniq ketdi, ikkinchisini esa darvozabon bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim juda shiddatli boshlandi.

Tanaffus! Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. 

45+1. Aguerodan zarba. Kuchli, ammo noaniq.

44. Birinchi bo'im yakunlanish arafasida "Paxtakor"da bir nechta vaziyatlar yuzaga keldi. Cheran ushubu vaziyatlarni ko'kka s

35. Sissoko Rahim Sterlingga imkoniyat bermaslikka harakat qilyapti.

32. Triper jarohat oldi, unga maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

28. Xarri Vinks ham zarba berdi, bu safar ham noaniq zarba..

27. Laport qo'pollik evaziga Allini to'xtatdi va ogohlatirildi.

24. Xarri Keynning zarbasiii! Edersondan birinchi seyv.

22. To'p nazorati "shaxarliklar" qo'lida. 

20. Loris joriy mavsum 3 marta penaltini qaytardi ("Arsenal", "Lester", "Manchester Siti").

17. Son Xyon Min bugun YCHLdagi o'zining yubiley 50-o'yinini o'tkazmoqda.

15.  Bugungi uchrashuvni zaxiradan kuzatib borayotgan De Bryuyne ideal futbolchi qanday bo'lishi kerakligi haqida qiziq bir fikr bildirdi. Uning aytishiga qaraganda, mukammal futbolchining tezligi Leroy Sanega, yetakchilik qobiliyati Vinsent Kompaniga, katta hajmdagi ishni bajarishda N'golo Kantega, xarakter bo'yicha Serxio Ramosga, maydonni ko'ra olishda Kristian Eriksenga va aqlli futbol o'ynashda o'ziga o'xshagan bo'lishi kerak.

13. Amalga oshirilmagan penalti muallifi - Aguero! Ugo Loris darvozaning chap burchagini yopishga muvaffaq bo'ldi. 

12. Penalti! Rouz qo'l bilan o'ynaganligi uchun ogohlantirildi. 

8. Uchrashuvdagi birinchi xafli zarbani Dele Alli berdi. Chap qanotdan Sissoko tomonidan berilgan uzatmani Alli to'xtatmasdan zarba bilan yakunlab qo'ymoqchi bo'ldi. Noaniq

6. Ayni vaqtda Yevropa Chempionlar ligasi ishqibozlari...

4. Yarim finalda qaysi juftlikni ko'rishni xohlagan bo'lardingiz : )

2. "Tottenxem" safida Alderveyreld va Son Xyon Min, "Manchester Siti" tarkibida Aguero hamda Otamendida sariq kartochka bor. Ushbu futbolchilar   keyingi o'yinni o'tkazib yuborishni istashmasa, bugungi uchrashuvda ogohlantirilmasligi kerak bo'ladi.  

1. Do'stlar o'yin boshlandi!

- Uchrashuv 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia