YCHL. Suares "Tottenxem"ga qarshi o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2018, 13:10
"Barselona" hujumchisi Luis Suares YCHL 6-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "Sky Sports" ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, forvard o'ng tizzasidan olgan jarohatini tiklaydi. Urugvaylik LaLiga 15-turi doirasida "Espanol"ga qarshi o'yin (4:0)da engil jarohat olgan edi.

"Barselona" va "Tottenxem" o'rtasidagi bahs bugun tunda 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports