YCHL. Ronalduning xet-trigi “Real”ni yarim finalga olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2017, 02:51
YCHL chorak final javob o'yini doirasida Madridda “Real” va “Bavariya” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

Myunxenda o'tgan ilk o'yinda madridliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishgandi. Ammo “Santyago Bernabeu”dagi bahsda o'yinning asosiy vaqtida mehmonlar 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. Natijada 15 daqiqadan iborat ikkita taymda tomonlar yarim final uchun kurashni davom ettirishdi. Bir kishi kam bo'lib qolgan germaniyaliklar maydon egalarining hujumlariga dosh bera olishmadi. Natijada Ronaldu (2 ta) va Asensio tomonidan kiritilnan gollar yakunda Zidan jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasini taminladi.

Ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:3 hisobida g'olib chiqqan “Real” haqli tarzda yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Chempionlar ligasi.

1/4 final

Javob o'yini

Real Madrid Ispaniya – Bavariya Germaniya 4:2 (0:0, 1:2, 1:0)

Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.

Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).

Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 75), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88).

Ogohlantirish: Vidal (5), Kazemiro (40), Xabi Alonso (70), Xummels (75), Robben (101).

Chetlatish: Vidal (84).

Birinchi uchrashuv– 2:1


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia