YCHL. Mbappening gollari PSJga "Yuventus" ustidan g'alabani taqdim etdi

Administrator
7 sen 2022
PSJ - "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

PSJ – "Yuventus" 2:1  

Gol: 5 - Mbappe (Neymar), 22 - 5 - Mbappe (Xakimi), 54 -  Ueston Makkenni (Kostich)

6 sentyabr, 23:59, Park de Prens

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Verratti, Vitinya, Messi, Neymar, Mbappe.

Yuventus – Perin, Bonuchchi, Danilo, Bremer, Kuadrado, Kostich, Paredes, Rabo, Miretti, Milik, Vlaxovich.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

89. PERIIIIIIN. Neymarning juda yaqindan yo'llagan zarbasini, "Yuventus" darvozaboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi

87. O'zgarishlar: PSJ sardori Verattining o'rniga Sanchesh maydonga tushdi. "Yuventus"da esa Rabioning o'rniga Kin maydonga tushdi 

87. Neymarning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

84. O'zgarish: Soler Messini alishtirmoqda

81. "Yuventus"da hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq so'nggi nuqtani qo'yishni iloji topilmadi

78. O'zgarish: Mukiele va Danilu Pereyra maydonga tushdi. Ular Hakimi va Vitinyani alishtirdi

74. O'zgarish: Kuadradoning o'rniga De Shilo maydonga tushdi

73. Ogohlantirish: Mbappeni qo'pollik bilan to'xtagan Danilo hakam tomonidan ogohlantirildi

72. Messidan navbatdagi zarba, bu safar aniq, biroq to'p to'g'ri Perining qo'liga bordi

68. O'zgarish: Milik o'rniga Lokatelli maydonga tushdi

67. Messi uchrashuvda ilk zarbasini berdi, biroq futbol yulduzining zarbasiga aniqlik yetishmadi

65. Ogohlantirish: Verratti ogohlantirildi

64. PSJning hujumlaridan parijliklar muxlisi bo'lmaganlar ham mazza qilayotgan bo'lsa kerak. Bu safar so'nggi nuqtani Mbappe qo'yishni uddalay olmadi

59. Rabio uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, biroq ozgina noaniq

54. GOOOOOOOOOOL. Ueston Makkenni hisobni qisqartimoqda. Kostichdan assist

51. Messining ajoyib harakatlaridan so'ng to'p Mbappega borib tushdi, biroq bugungi uchrashuvda hozircha dubl sohibining zarbasiga aniqlik yetishmadi

49. Mendes Kuadradodan osonlik bilan o'tib ketdi va to'pni Neymarga uzatdi, biroq braziliyalikning zarbasini Perin bartaraf etmoqda

47. Filip Kostichning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvozaboning qo'liga borib tushdi

46. O'zgarish: Ueston Makkenni maydonga tushdi, u Fabio Mirettini alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Mbappening gollari PSJga g'alabani taqdim etmoqda.


45+1. Ogohlantirish: Miretti Neymarga qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

36. Neymar jarima maydonchasining ichida chiroyli tarzda yiqildi, hakam bunga ishonmadi

34. Messi Vitinyaga to'pni uzatdi, Vitinyaning zarbasi esa ancha noaniq

32. Bremerning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi

25. Ogohlantirish: Mbappeni "o'rib yuborgan" Bremer ogohlantirildi. Hakam bilan tortishgan Ramosga ham hakam sariq kartochka ko'rsatmoqda

22. GOOOOOOOOOL. Mbappedan dubl. Biroq PSJning hujumiga gap bo'lishi mumkin emas. Parijliklar tik-takkani ajoyib ko'rinishini ko'rsatib berishdi

19. DONNARUMMA. SUPER SEYV!!!!. Kuadrado qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi, uzatmaga birinchi bo'lib Milik boshi bilan zarba yo'lladi, biroq mezbonlar darvozabonidan super sevy.

14. "Yuventus" bugun ancha qiynalmoqda. Ular hujumda nima qilishlarini bilishmayapti

Neymar o'zining atrofida bir nechta himoyachilarni to'plab oldi va to'pni ajoyib tarzda Mbappega uzatdi. Francuz esa to'pni tushirmasdan darvozaga ajoyib tarzda joylab qo'ydi

5. GOOOOOOOOOL. Mbappe hisobni ochmoqda!!!!

3. Ilk xavfli hujumni "Yuventus" tashkil qildi. Qanotdan uzatilgan to'pni Milk boshi bilan zarba berdi, biroq darvozabon ushlab oldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi

Jamoalar chigal yozdi mashg'ulotlarini olib borishdi


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia