YCHL. Pley-offning barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi. Kim birinchi, kim ikkinchi savatchadan o'rin egallagan?

12 dek 2019, 03:06
Bu yerda ham o'ziga xos natija ro'y berdi.

Gap shundaki, tarixda ilk bora YCHL 1/8 final bosqichida faqat top-5 chempionat vakillari ishtirok etishadi. Quyida pley-off bosqichi masalasini ijobiy hal qilgan 16 jamoa nomi bilan tanishing.

Angliya: "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi".

Ispaniya: "Real", "Barselona", "Atletiko", "Valensiya".

Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Atalanta".

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" (Dortmund), "Leyptsig".

Fransiya: PSJ, "Lion".

1/8 final bosqichiga qura 16 dekabr kuni o'tkaziladi. Qur'a jarayonida birinchi savatchadan "Barselona", "Bavariya", "Yuventus", "RB Leyptsig", "Liverpul", "Manchester Siti", PSJ va "Valensiya" jamoalari o'rin olishsa, "Borussiya" (Dortmund), "Chelsi", "Lion", "Napoli", "Real", "Atletiko", "Tottenxem" va "Atalanta" klublari ikkinchi savatchaga joylashgan.


Manba: championat.asia