YCHL. Lissabondagi stadion finalga shay GALEREYA

Tolibjon Qosimov
23 avg 2020
Bugun juda uzoq davom etgan Chempionlar ligasi mavsumi o'z nihoyasiga etadi.

Mashaqqatli yo'lda raqiblarini birin-ketin taslim qilgan Fransiyaning PSJ hamda Germaniyaning "Bavariya" klublari Yevropa taxtiga kim o'tirishini aniqlab olishadi. Taxminan bir soatdan keyin start oladigan o'yin Portugaliya poytaxti Lissabon shahridagi "Estadio da Luj" stadionida bo'lib o'tadi. Stadion allaqachon finalga shay hlatga keltirib qo'yilgan, quyida finalgacha bo'lgan rasmlarni e'tiboringizga havola etamiz.

YCHL. Finalni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ma'lum!

Yevropaning eng chiroyli shaharlaridan biri bo'lgan Lissabon bugun Chempionlar ligasi havosi bilan yashamoqda.


Muxlislar fan zonada suratga tushishmoqda.


Mana o'sha kubok.


Shalpangquloq kubokni styuartlar tozalab qo'yishmoqda.


"Estadio da Luj".


Stadion dezinfekciya qilib chiqilmoqda.


Mana buni programka desa bo'ladi.


Operatorlar ham translyatsiya tayyor.


Bugun "Liverpul"ning yonidan qaysi jamoaning nomi yozilarkin?


Sizningcha bugun kim g'olib bo'ladi? Tuxelmi yoki Flik?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar