YCHL. Levandovski gollar soni bo'yicha Raulga yetib oldi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2020, 09:32
“Bavariya” YCHL 4-turida “Zalcburg”ni 3:1 hisobida engdi.

Uchrashuvdagi hisobni ochuvchi golga Robert Levandovski mualliflik qildi. Bu 32 yoshli hujumchi uchun YCHLdagi 71-gol bo'ldi. Natijada Robert “Real” va “Shalke-04” sobiq hujumchisi Raulga gollar soni bo'yicha yetib oldi. Levandovski ushbu natijaga erishish uchun 93 ta o'yinda qatnashdi. Undan oldinda esa faqat ikki futbolchi - Lionel Messi (118) va Krishtianu Ronaldu (131) bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA