

The Guardian nashrining ma'lum qilishicha, Keyn jarohatidan qutulishi uchun kamida 1 oy vaqt kerak bo'ladi. Endi u 13 fevralda bo'lib o'tadigan YCHLning nimchorak bosqichidagi "Borussiya"ga qarshi dastlabki uchrashuvni jarohati tufayli o'tkazib yuborishi mumkin.
25 yoshli forvard APL 22-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" qarshi bahsda (0:1) to'pig'idan jarohat olgan edi.
Premer-liganing joriy mavsumida Harri Keyn 18ta golli vaziyatlarda ishtirok etdi - 14ta gol, 4ta assist.



