YCHL. Joriy mavsumning eng chiroyli goli aniqlandi

Joriy mavsum Chempionlar ligasida bir-biridan maftunkor gollar kiritildi.

Muxlislar UEFA Chempionlar liagasi 2018/2019 ning eng chiroyli golni aniqlashdi.

So'rovnomaga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messining "Liverpul" darvozasiga (28 metr uzoqlikdan) jarimadan urgan goli birinchi o'rinni egalladi. O'shanda to'pning tezligi 89 km/soatni tashkil etgani ma'lum bo'ldi.


Kuchli to'rtlikka Krishtiunu Ronalduning "Manchester Yunayted", Aren Robbenning "Benfika" va Ivan Rakitichning "Tottenxem" darvozasiga urgan gollari kiritildi.  


Manba: twitter.com/ChampionsLeague