YCHL. Dastlabki 2 o'yin bosh hakamlari aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 16:59
18 fevral tunida YCHL 1/8 finali doirasidagi dastlabki o'yinlar bo'lib o'tadi.

UEFA rasmiy sayti ushbu o'yinlarni boshqarib boradigan hakamlarni tasdiqladi.

Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionidagi "Atletiko" - "Liverpul" uchrashuvini Polshadan Shimon Marchinyak boshqarib boradi.

Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionidagi "Borussiya" - PSJ bahsini boshqarish ispaniyalik Antonio Mateu Laosga topshirildi.

Ikki o'yin ham tungi 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com