YCHL. Chorshanba kungi qahramonlar FOTO

Narzulla Saydullayev
1 okt 2015, 14:46
Tunda Yevropa chempionlar ligasida o'zini ko'rsatgan 8 nafar qahramonni sizlarga taqdim etamiz.



"Shaxtyor" - PSJ 0:3
Qahramon:
Ham himoyada, ham hujumda yaxshi o'ynagan David Luiz shu kuni Doneck klubi darvozasiga gol urdi.


"Malme" - "Real Madrid" 0:2
Qahramon
: Shvetsiyada dublga erishgan Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 500 va 501-gollarini urdi. Bundan tashqari u Madrid klubi safida o'zining gollari sonini 323ta etkazib olib mutloq rekordchi Raulga yetib oldi.


"Manchester Yunayted" - "Volfsburg" 2:1
Qahramon:
Xuan Mata birinchi bo'limda penaltidan gol urdi va ikkinchi bo'limda Kris Smollingga fantastik golli pas uzatdi.


SSKA - PSV 3:2
Qahramon:
Afrikalik Seydu Dumbiya Gollandiya klubiga qarshi bahsda ikkita gol urdi. U xet-trik ham qayd etishi mumkin edi, biroq ikkinchi penaltini noaniq tepdi.


"Astana" - "Galatasaroy" 2:2
Qahramon:
Qozog'iston klubi ilk bor YCHL guruh bosqichida ochko oldi. "Astana" klubi safida kolumbiyalik Roxer Kanyas 89-daqiqada qahramonga aylandi. Aniqrog'i aynan uning zarbasidan so'ng "Galatasaroy" himoyachisi o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 2:2.


"Atletiko" - "Benfika" 1:2
Qahramon:
"Benfika" vakili Nikolas Gaytan birinchi bo'limda "Atletiko" darvozasiga to'p kiritdi. Ikkinchi bo'limda aynan uning pasidan so'ng g'alaba to'pi kiritildi.


"Borussiya M" - "Manchester Siti" 1:2
Qahramon:
Mehmonlar hujumchisi Serxio Aguero o'yinning 90-daqiqasida o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalanib "Siti"ga g'alaba keltirdi.


"Yuventus" - "Sevilya" 2:0
Qahramon:
YCHL finalchisi o'z maydonida "Sevilya"ni mag'lub etdi. Turin klubi hujumchisi ispaniyalik Alvaro Morata YCHLda ketma-ket beshinchi o'yinda ham gol urib Alessandro Del Peroning natijasini takrorladi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia