

O'z guruhlarida Manchester Siti, Liverpul, Ayaks, Real, Bavariya, Manchester Yunayted, Lill va Yuventus jamoalari birinchi o'rinni egallashdi.
PSJ, Atletiko, Sporting, Inter, Benfika, Vilyarreal, Zalcburg va Chelsi esa ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi.
Shu tariqa, 1/8 final bosqichida Angliyadan to'rtta jamoa o'ynaydi. Ispaniyadan uchta, Italiya, Portugaliya va Fransiyadan ikkitadan, Germaniya, Niderlandiya va Avstriyadan bittadan jamoa chorak final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.




