YCHL. Akinfeev 2006 yildan buyon birinchi marta gol o'tkazmadi!

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017
SSKA YCHL 5-turida "Benfika"ni mag'lub etdi - 2:0.

Shunday qilib, Moskva klubi posboni Igor Akinfeev musobaqada 2006 yildan buyon ilk bor o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. U ketma-ket 43-uchrashuvda gol o'tkazgandi.

Eslatib o'tamiz, Akinfeev 17ta o'yinda gol o'tkazib bu antirekordni o'rnatgandi. PSV sobiq posboni Ronald Vaterres YCHLda ketma-ket 16ta o'yinda to'p o'tkazib yuborgan edi.

Akinfeevning antirekordi YCHL guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi o'yinlar uchun amal qiladi.

So'nggi bor Akinfeev 2006 yilda Arsenal bilan safardagi o'yinda YCHL doirasidagi o'yinda gol o'tkazmagan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia