⚡️ YCHL 2022/23. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma'lum. Bugun qur'a!

Eldor Akmurzayev
25 avg 2022, 07:45
Chempionlar Ligasi saralash bahslari o'z nihoyasiga etdi va yangi mavsum guruh bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar aniqlandi.

Bugun, 25 avgust kuni qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Barcha savatchalar bilan tanishing:

Birinchi: “Real” (amaldagi chempion), “Ayntraxt”, “Manchester Siti”, “Milan”, “Bavariya”, PSJ, “Portu”, "Ayaks".

Ikkinchi: “Liverpul”, “Chelsi”, “Barselona”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Sevilya”, “Leyptsig”, “Tottenxem”.

Uchinchi: “Borussiya” Dortmund, “Zalcburg”, “Shaxter”, “Inter”, “Napoli”, “Benfika”, “Sporting”, “Bayer”.

To'rtinchi: “Marsel”, “Bryugge”, “Seltik”, “Viktoriya” Plzen, “Makkabi” Xayfa, “Reynjers”, “Kopengagen”, “Dinamo” Zagreb.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia