YCHL-2020. Chorak finalga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2020
UEFA shtab-kvartirasi Nonda Chempionlar Ligasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

1/8 finalning qolgan o'yinlari 7-8 avgust kunlari mezbon jamoalarning stadionlari (muxlislarsiz)da bo'lib o'tadi.


Chorak final juftliklari
1. "Real Madrid" - "Manchester Siti" juftligi g'olibi - "Lion" - "Yuventus" juftligi g'olibi

2. "RB Leyptsig" - "Atletiko"

3. "Napoli" - "Barselona" juftligi g'olibi - "Chelsi" - "Bavariya" juftligi g'olibi

4. "Atalanta" - "PSJ"

Yarim final juftliklari

1.Chorak final 1 g'olibi - Chorak final 3 g'olibi
2.Chorak final 2 g'olibi - Chorak final 4 g'olibi

Finalda 2-yarim final g'olibi nominal mezbon bo'ladi:
Yarim final 2 g'olibi - Yarim final 1 g'olibi


1/4 final bosqichidan boshlab esa Chempionlar Ligasi o'yinlari Lissabonda "final sakkizligi" shaklida bo'lib o'tadi.

Chorak final o'yinlari 12-15 avgust, yarim final o'yinlari esa 18-19 avgust kunlari bitta o'yin formatida bo'lib o'tadi. Final esa 23 avgust kuniga belgilangan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia