Dyugarri: "Buskets xuddi otamdek o'ynadi"

Tolibjon Qosimov
26 fev 2020, 13:03
"Barselona" sobiq futbolchisi Kristof Dyugarri YCHL 1/8 final dastlabki bahsi doirasida o'tgan "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi (1:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

U kataloniyaliklar tayanch yarim himoyachisi Serxio Busketsni tanqid qildi.

"O'yin yoqimsiz bo'ldi. Buskets? U xuddi mening otam maydonga tushgandek o'ynadi", - dedi Dyugarri.


Uchrashuvning 30-daqiqasida Dris Mertens kiritgan golga 57-daqiqada Antuan Grizmann javob qaytardi. 89-daqiqada esa Arturo Vidal qizil kartochka bilan "siylandi".

"Barselona" va "Napoli" o'rtasidagi to'qnashuvning javob bahsi 18 mart kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, Buskets kechagi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GFFN