Durbek Kamolov: Bir kishi kam bo'lib o'ynash har doim og'ir

Narzulla Saydullayev
27 apr 2016, 17:05
Birinchi liganing 5-turidan o'rin olgan Orol - Zomin (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlarning yetakchi o'yinchilaridan biri Durbek Kamolov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yinni yaxshi boshlagandik. Yigitlar jamoaviy o'yin tashkil etib, uchrashuvni ko'tarinki ruhda boshlagandik. Birinchi bo'lib hisobni ochib olganimizdan keyin, hammasi yaxshi kechayotgandi. Ammo bosh hakamning qarori zararimizga ishladi. Albatta, har doim bir kishi kam bo'lib o'ynash og'ir. Sirojiddin Allaevning chetlatilishi bizga salbiy ta’sir o'tkazdi. Nima ham derdik, endi keyingi o'yinlarda ochko jamg'arishga xarakat qilamiz, - deydi Kamolov.

Islombek Rustambekov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia