

"Ha, men bu jamoada do'stimni ko'rmoqchiman, chunki Mesutning "Arsenal" bilan shartnomasi deyarli yakunlandi, yana bir yil qoldi. U ajoyib futbolchi, u bilan terma jamoada o'ynash yoqadi. Ozil bilan PSJda birga o'ynashni istayman. Biz gaplashib turamiz va do'stlardek munosabatdamiz. Unga shunday deyman: "PSJga o't". U kuladi, chunki bir yil oldin meni "Arsenal"ga chaqirgan edi.
Uning rejalaridan xabarim yo'q, biroq avval aytganimdek uni shu yerda ko'rmoqchiman, chunki u ajoyib futbolchi va yoqimli inson" - deydi Draksler.



