Doston Hamdamov: "Qozog'iston bilan yaxshi o'yin bo'ladi"

Оқил Абдубарноев
14 noya 2022, 20:24
O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iztonga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan mashg'ulotlarni davom ettiryapti.

Bugun "Jar" stadionida milliy jamoamiz va "Paxtakor" futbol klubi vingeri Dostonbek Hamdamovning fikrlariga quloq tutdik.

- Doston, Superliga yakunlandi. Kayfiyatlar qanaqa?

- Avvalo, "Paxtakor"ning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman. Bu g'alabani uchun ancha mehnat qildik va kutdik. Mavsum yakunlanishi bilan hammasini unutib, ertasi kundan Qozog'istonga qarshi o'tadigan o'yin uchun tayyorgarlikni boshladik. 

- Bu yig'inda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Qiyin deb bo'lmaydi. Murabbiylar bilan tezroq tiklanish uchun shug'ullanyapmiz. O'yinda bor kuchimizni beramiz.

- Raqib haqida nima deya olasiz?

- Bu haqda hozir nimadir deyolmayman. Faqat o'yin yaxshi bo'lishini bilaman. 

- Havo sovuq bo'lsa, tomoshabinlar tashrifi qanchalik bo'ladi?

- Iloji boricha barcha muxlislardan kelishlarini so'rab qolamiz. Xudo xohlasa, ularga chiroyli g'alaba taqdim qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia