Donnarumma: "Umid qilamanki, A Seriyani "Napoli" yutadi"

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 12:06
"Milan" sobiq darvozaboni Janluiji Donnarumma "Napoli" A Seriyada g'alaba qozonishiga umid qilmoqda.

"Milanga ko'chib o'tganimdan keyin Neapolga bo'lgan muhabbatimga nima uchun shubhalar paydo bo'lganini bilmayman. Men Neapolni yaxshi ko'raman, bu mening shahrim, bunga hech qanday shubha bo'lmasligi kerak.

Agar "Napoli" A Seriyada g'alaba qozonsa, bundn juda xursand bo'laman va bunga umid qilaman", – dedi Kampaniyada tug'ilgan PSJ futbolchisi.

Musobaqa jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alfredopedulla.com