Donnarumma PSJning UEFA Supyerkubogi uchun qaydnomasidan tushib qoldi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2025, 18:40
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma UEFA Supyerkubogi qaydnomasidan chiqarib tashlandi.

Insaydyer Fabricio Romanoning xabar byerishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi parijliklar bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmaydi. 

Avvalroq Donnarumma PSJ tomonidan transfyerga qo'yilgani haqida xabar byerilgandi. Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini "Manchestyer Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

PSJ joriy yilning yozida ikki darvozabon bilan shartnoma imzoladi – "Lill"dan Lyuka Shevale va braziliyalik Renato Marin. Rossiyalik posbon Matvey Safonov ham Fransiya klubida to'p tepadi.

PSJ va "Tottenxem" o'rtasidagi UEFA Supyerkubogi bahsi 13 avgust kuni 23:59 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano