Diyor Ortiqboev: "Yaponiyaning bugungi o'yini bizga qiziq emas"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2025, 20:51
O'zbekiston U23 terma jamoasi futbolchisi Diyor Ortiqboev "Mirabror Usmonov xotira turniri" doirasida Yaponiya termasiga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin qanday o'tdi?

- O'yin yaxshi bo'ldi. Kutganimizdek qiyinchilik bo'lmadi va g'alabaga erishdik. Endi ikkinchi o'yinga tayyorgarlik ketmoqda. 

- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda jamoa 5talik himoyachi bilan o'ynadi. Bu yil "Paxtakor" ham shunday o'ynamoqda. Bu sizga qanchalik yordam berdi.

- Professional futbolchiga to'rttalikmi beshtalikmi, buning ahamiyati yo'q deb o'ylayman. Murabbiy qanday vazifalar bersa, shuni bajarishga harakat qilamiz.

- Saudiya Arabistoni hujumchilari bizga katta qiyinchilik tug'dira olmadi degan fikr bor. O'yinning ichidagi futbolchi sifatida nima deya olasiz?

- Ha, unchalik qiyin bo'lmadi. Raqibni o'rgangandik. Shukur, o'yin engil bo'ldi. 

- Oldinda Yaponiyaga qarshi o'yin bizni kutib turibdi. Bu bahsdan nima kutyapsiz?

- Bu uchrashuvga ham g'alaba uchun chiqamiz. Ularning Saudiya bilan o'yini bor. Lekin bu bizga qiziq emas. O'z o'yinimizga tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun chiqib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Uchrashuvga kelinglar, qo'llab-quvvatlashsin, xudo xohlasa xursandchilik bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 28 iyul kuni soat 20:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia