So’nggi yangiliklar

03:10АПЛ. "Ливерпуль" "Сандерленд" билан дуранг ўйнади, "Челси" "Лидс"га ютқазди  10 03:08Италия кубоги. "Интер" "Венеция"ни аяб ўтирмади. "Наполи" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, кейинги босқичга чиқди  0 03:03Германия кубоги. "Бавария" "Унион"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  0 03:00Суперлига-2025. Мавсум давомида мураббийлар томонидан айтилган сара фикрлар   3 02:30АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Брентфорд"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  2 01:30"Барселона" кейинги ҳафта Гарсия билан узоқ муддатли шартнома имзолайди  0 01:00"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль  37 00:35Снейдер: "Мбаппе келаси йил "Олтин тўп"ни қўлга киритади, бунга деярли 100 фоиз ишончим комил"  2 00:17Мбаппе 2025 йилдаги 61-голини урди  4 23:26Кроос "Реал"нинг олдинги ва ҳозирги авлодини солиштириш ҳақида гапирди  1 22:59Вернер январдаёқ "Интер Майами"га ўтиши кутилмоқда  3 22:35Суперлиганинг ёшлардан иборат рамзий терма жамоаси эълон қилинди  2 22:05Гвардиола АПЛ чемпионлиги учун курашаётган жамоаларни баҳолади  4 21:35"Бунёдкор" жамоа легионерларидан бири расман клубни тарк этганини маълум қилди  3 21:04ОКМК клуби ўз дарвозабонларидан бири билан келишувни бекор қилди  0

"Dinamo"ning xatosi bugun boshlangani yo'q yoxud klubning olib borayotgan tushunarsiz siyosati Yangiliklar

"Dinamo"ning xatosi bugun boshlangani yo'q yoxud klubning olib borayotgan tushunarsiz siyosati

Hayot qiziqda.

Zinadan chiqasiz. Lekin birgina xato sabab pastga tushishingiz hech gap emas. Xatoni tushunib etib yana ko'tarilganingizda avvalgi xatoni takrorlash eski joyingizga tushirib qo'yadi.

Samarqandning "Dinamo" jamoasi so'nggi 7 yillikda yuqoridagi misol kabi bo'lib qoldi. Keling quyidagi faktga etibor qaratamiz. 


2015 yil Superligadan tushib ketdi. 

2016 yil Pro ligada birinchi o'rin bilan qaytdi. 

2017 yil" Dinamo" 12 o'rin bilan Superligada qolganiga qaramay Pro ligaga tushirib yuborildi. 

2019 yil "qulog'i"dan tortib yana Superligaga olib chiqildi. 

2019 yil 14 o'rinni egalladi va yana quyi ligaga tushib ketdi. 

2022 yil klub Superligaga qaytdi va yana o'sha holat. 


1. Hakim Fuzaylovga chiqish eshiklari ko'rsatilishi 

Pro ligada kamtarin tarkib bilan barqaror jamoa shakllantirgan Hakim Fuzaylovga mavsum yakuniga "rahmat" deya istefoga chiqarildi. Nima uchun bunday qaror qabul qilingani tushunarsiz. Eng to'g'ri yo'l tojikistonlik murabbiy va tarkibni saqlab qolib ishonishda davom etish edi. Har holda tojikistonlik mutaxassis shuncha mehnat qilib jamoani elitaga qaytargandi. Etibor bersangiz "Dinamo" Fuzaylovga qadar so'nggi mavsumlarni barqaror o'tkazmagan, murabbiylar almashinuvi, istefolarga muntazam qo'l urib kelganini aytish joiz. Fuzaylovning ketkazilishi birinchi xato bo'ldi. 


2. Rogan nima uchun olib kelindi va nega xaydaldi?

Superligaga qaytgan "Dinamo" buyog'iga jamoa boshqaruvini xorijlik murabbiylarga topshirishga qaror qildi. Predrag Roganga deyarli yangi tarkib berildi. Aytganimdek bari noldan boshlandi, deya olamiz. Xorijda yig'in tashkil qilib berildi. Legionerlar taklif qilindi. Lekin 9-turdan so'ng Roganga ham chiqish eshiklari ko'rsatilgani tushunarsiz qaror. Jamoa 9ta turning 3tasida so'nggi soniyalarda gol o'tkazib mag'lub bo'lganini eslasangiz kerak. Bir narsani aniq aytaman, "Dinamo"da jamoaviy o'yin shakllanishni boshlagandi. Bu ikkinchi xato. 


FARQ. Rogan boshqaruvida jamoa 9ta turda 6 ochko ishladi va 14 o'rinda ketayotgandi. Keyingi 8ta o'yinda jamoa 1 ochko ishladi, 14 o'rin.  


3. Qutqaruvchi vazifasidagi Andrey SHipilov

Rogandan so'ng klubda sport direktori sifatida faoliyat olib borayotgan Andrey SHipilovga bosh murabbiylik vazifasi yuklatildi. Serbiyalik murabbiydan qolgan tishlangan "non" o'zbekistonlik mutaxassisga berildi. Birinchi davra so'nggiga qadar jamoa o'yini va natijalarida aytarli birorta ijobiy o'zgarish sezilgani yo'q, 3ta o'yin, 3ta mag'lubiyat. Ikkinchi davraga jamoani SHipilov tayyorladi, tarkibga yangi ijrochilar, etakchilar qo'shildi. Aftidan startdagi "Paxtakor" bilan uchrashuvda jamoa o'yinida biroz bo'lsada mazmun paydo bo'lgandek ko'ringandi. Biroq keyingi bahsda "Nasaf"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng SHipilov ham joyini bo'shatdi, tamom.  


3. Abramov tagiga olgan "qozon"ga keldi

Bu paytga kelib "qozon" tagiga olib bo'lgan, "Dinamo" 7 ochko bilan oxirgi o'ringa mustahkam joylashib olgandi. Vadim Abramovning kelishi ham hech narsani o'zgartirmasligi kundek ravshan. U kelguniga qadar ko'p narsa hal bo'lgan. Lekin Abramov klubdagi vaziyatni bilib keldi, katta tavakkalga qo'l urdi. Jamoani qutqara olmagan taqdirda, men kelguncha hammasi hal edi, deb intervyu berishini taxmin qilish qiyin emas.  Jamoa mavsum yakunida Pro ligaga tushib ketgan taqdirda ham Abramov tarkibni o'zi yig'maganini ro'kach qilib suvdan quruq chiqadi, xolos. Hozir yangi futbolchilar ololmaydi. Demak qo'lidagi bor tarkib bilan nimadir qilishi kerak. 3ta o'yin o'tdi. Vaziyat avvalgilaridan yomonlashsa, yomonlashyaptiki, yaxshi tomonga o'zgarmayapti. buyog'iga faqat tavakkal. Buni Karlenovichni o'zi ham tushunmoqda. U hali jamoaviy o'yin shakllanmaganini aytdi. Xo'sh, bo'lmasa nima uchun klub ishi ko'rinayotgan Roganni istefoga chiqardi? Faktlarga tayansak mavsum davomida murabbiy o'zgarishi "Dinamo"ga hech qachon foyda bermagan. 


2015 yil. Tachmurod Agamurodov, Bahrom Hakimov.  Yakun: Pro liga.

2016. Ilhom SHaripov. Yakun: Superliga yo'llanmasi.

2017. Oleg Tyulkin. Yakun: Superligada 12 o'rin .

2019. Davron Fayziev, Tachmurod Agamurodov. Yakun: Pro liga 

2020. Tachmurod Agamurodov, Ravshan Ahmedov, Sergey Lushchan, Jasur Hamroev. Yakun: Pro ligada 3 o'rin

2021. Hakim Fuzaylov. Yakun: Superliga yo'llanmasi.

2022. Predrag Rogan, Andrey SHipilov, Vadim Abramov. Yakun?

Samarqandliklarning keyingi 5ta turdagi raqiblari

18-tur "Lokomotiv"

19-tur. "Neftchi"

20-tur. "Olimpik"

21-tur. "Navbahor"

22-tur. "Metallurg"

To'g'ri oldinda hali o'yinlar etarli. Balki Abramov nimadir o'ylab topar. Biroq vaqt o'tib boryapti. Ochkolar yo'qotilmoqda. Bu esa "Dinamo"ning imkoniyatlarini keskin kamaytiryapti.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика