Dinamoda yangi bosh murabbiy ish boshladi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2020, 21:56
Yangi mavsum oldidan Dinamo klubi murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi.

Xabaringiz bor, avvalroq, jamoa bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov va yordamchi murabbiy Rafael Balasanyan jamoani tark etgandi. Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, Dinamo bosh murabbiyi sifatida 48 yoshli mutaxassis Ravshan Ahmedov tayinlandi.

A licenziyasi ega sanalmish Ravshan Ahmedov bungacha bolalar, o'smirlar va yoshlar futbolida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Unga jamoada Samarqand futboli vakili, sobiq futbolchi, yosh murabbiy Jasur Hamroev yordam berib boradi. Shuningdek, mahalliy sobiq futbolchilar Dilshod Sharofutdinov va Shuhrat Murodov murabbiylar shtabidan o'rin olishgan. Klub rahbari sifatida Uchqun Qobilov faoliyat yuritmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz