"Dinamo" yaqin vaqt ichida qarzini to'laydi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2017, 18:45
Moskvaning "Dinamo" klubi ijrochi direktori Evgeniy Krechetovning ma'lum qilishicha, klub tez orada futbolchilardan bo'lgan qarzdorlikni yopadi.

Gap jamoaning 3 futbolchisi - Vitaliy Dyakov, Igor Denisov va Pavel Pogrebnyak haqida ketmoqda.

2016 yilning dekabr oyida Rossiya futbol ittifoqi "Dinamo"ga jamoaning uch sobiq futbolchisidan bo'lgan qarzdorlikni uzishi borasida qaror chiqargan edi.

"Klub Denisov, Dyakov va Pogrebnyakdan qarzdor. Yaqin vaqt ichida "Dinamo" pulni to'laydi" - deydi Krechetov.

Eslatib o'tamiz, barcha qarzlar to'lanmaguncha "Dinamo"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com