"Dinamo" Toshkentda nazorat o'yinlariga kirishadi

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017, 11:41
Chimyon tog'li hududida 11 iyuldan 19 iyulgacha tayyorgarlik ko'rgan Dinamo jamoasi ertadan Toshkentda nazorat o'yinlariga kirishadi.

Rejaga binoan, Navbahor, Lokomotiv-BFK, Qizilqum va NBU-Osiyo jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkaziladi.

Dinamo. Toshkent. 20-25 iyul.

Nazorat uchrashuvlari:

20 iyul: Dinamo – Navbahor

21 iyul: Dinamo – Lokomotiv-BFK

22 iyul: Dinamo – Qizilqum

25 iyul: Dinamo – NBU-Osiyo.

Eslatib o'tamiz, Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni Bunyodkor - Neftchi juftligi g'olibiga qarshi o'tkazadi.

5 avgust kuni esa ikkinchi davraning dastlabki o'yini – 16-tur doirasida Samarqandda Metallurgga qarshi bahs olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz