"Dinamo" safarda "NBU-Osiyo"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2016
Birinchi Liga 29-turi doirasidagi so'nggi o'yinda poytaxtda NBU-Osiyoga qarshi saf tortgan Dinamo jamoasi o'z hisobiga ketma-ket 21-g'alabani yozib qo'ydi.


Uchrashuvni hujumkor boshlagan ko'hna shaharliklar o'yin boshidayoq uchrashuvda hisobni ochishdi. Bu safar ham jamoaning yosh hujumchisi Amirjon Safarov mavsumdagi 18-golini kiritib, yakunda jamoasining g'alabasini taminlagan gol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo'limda ham har ikki tomonda hisobni o'zgartirish uchun imkoniyatlar yaratilgan bo'lsada, bahsda hisob o'zgarmadi va Dinamo ketma-ket 21-g'alabasi bilan ochkolarini 64 taga etkazib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettirdi.

Ilhom Sharipov shogirdlari navbatdagi o'yinni ham Toshkentda o'tkazishadi. 7 oktyabr, juma kuni jamoa 30-tur doirasida Paxtakor-2 mehmoni bo'ladi.

Birinchi Liga. 29-tur.

4 oktyabr (seshanba)

NBU-OSIYO - DINAMO - 0:1

Hakamlar:
I. Xudoydotov (Toshkent), Z. Erkinov (Toshkent), X. Nabiev (Toshkent)

Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Gol: Amirjon Safarov, 12.

Dinamo: Mixail Naumov, Ubaydulla Nabiev, Bunyod Isroilov, Mirkomil Lokaev, Akmal Bozorov, Iskandar Xolmirzaev, Omadjon Tayloqov, Jonibek Ko'chimov, Islom Sharipov, Viktor Klishin, Amirjon Safarov.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz