"Dinamo" "Qizilqum" bilan nazorat o'yini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
18 yanv 2017, 17:46
Samarqanddagi qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi 19 yanvar kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.


Ayni damda faqat mahalliy futbolchilardan iborat tarkib bilan mashg'ulotlarni olib borayotgan Ilhom Sharipov boshchiligidagi Dinamo klubi 19 yanvar, payshanba kuni Navoiy shahrida mahalliy Qizilqum jamoasiga qarshi saf tortadi. O'yin soat 12:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, Dinamo bunga qadar ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi. Dastlab 13 yanvar kuni Jizzaxda So'g'diyona bilan (0:0) o'yin o'tkazilgan bo'lsa, 16 yanvar kuni Yangiyerda Mashal jamoasi ustidan 0:1 hisobida g'alabaga erishilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcdinamo.uz