"Dinamo" dastlabki mashg'ulotlarini yakunladi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2013, 12:48
Samarqandning "Dinamo" jamoasi dastlabki mashg'ulotlarni yakunladi.
Bugun jamoa o'z mashg'ulotlarini "FUTZAL" sport kompleksida o'tkazdi. Noqulay ob-havo tufayli maydonda o'ynashni imkoni bo'lmagani bois jamoa  bugun so'nggi tayyorgarlikni futzal tarzida yakunladi. Mashg'ulotlarda 22 nafar futbolchi ishtirok etdi. Abdulla Nabiev va Ildar Mamatkazin sog'lig'ida muammo borligini tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi. Azamat Bobojonov va Oybek Nurboev keyingi yig'inda ishtirok etadi. Ukrainalik legioner darvozabon Andrey Melnichuk esa safga yanvar oyidan kelib qo'shiladi.

Bugun jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda futzal uchrashuvlarini o'tkazdi. Ravshan Haydarov ushbu uchrashuv orqali jamoani keyingi yig'inida ishtirok etuvchi futbolchilarni saralab oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia