Dinamo 12 yanvar kuni Yangiyerda Mashal bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 15:48
Dinamo jamoasi 3 yanvar kunidan boshlab joriy yildagi dastlabki yig'inini boshladi.
Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar berdi. Ravshan Xaydarov boshqaruvida jamoamiz Samarqandda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda.Ushbu yig'in 13 yanvar kuniga qadar davom etadi va shundan keyin 15 yanvardan Dinamo Toshkentda to'planadi.

Dastlabki yig'in doirasida 12 yanvar kuni Dinamo Yangier shahrida Mashal jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Dinamo jamoasi 15-30 yanvar kungi Toshkentdagi yig'inda 5 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

18 yanvar Dinamo - Paxtakor (yoshlari), 23 yanvar: Dinamo - Paxtakor, 26 yanvar: Dinamo - Buxoro, 30 yanvar: Dinamo - Olmaliq.

Jamoa yig'inlarida shuningdek, Turg'un Qobilov, Iskandar Xolmirzaev singari bir qator mahalliy yosh futbolchilar ham ishtirok etishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia