Dilyaver Vaniev: "Buxoro" darvozaboni bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi"

Iskandarov Abdulaziz
5 noya 2022, 19:55
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin o'tkazdik. "Buxoro" darvozaboni bugun haqiqiy qahramon bo'ldi. Mag'lubiyatga loyiq emasdik. Afsuski bir nechta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapmiz. Sabablarini qidirmoqdamiz. Yana qaytaraman, raqib posboni  bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi",- deydi  Vaniev. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia