Dilshod Nuraliev: "Futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi"

Narzulla Saydullayev
7 may 2018, 11:26
PRO-Liganing 7-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Surxon" (2:1) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida “Surxon” bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz bilardik "Mashal" bilan bu bahs juda qiyin bo'lishini. Gol urdik ammo juda tez javob oldik. O'yinda bazi holatlarda nazoratni yo'qotib qo'ydik endi futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi. O'yin davomida qilgan o'zgarishlarimiz afsuski o'zini oqlamadi. Shogirdlarimga etirozim yo'q ular qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Qaytaraman bizga urilgan tezkor gol juda ta’sir o'tkazdi. Ushbu yutuq bilan "Mashal" jamoasi va murabbiylar shtabini tabriklayman", - deydi Dilshod Nuraliev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Машъал” матбуот хизмати