Dik Advokat: “RPL darajasi Niderlandiya chempionatidan ancha yuqori”

Eldor Akmurzayev
4 noya 2020, 21:40
“Feyenord” ustozi Dik Advokat Rossiya Premer-Ligasini Niderlandiya chempionati bilan solishtirdi.

“Agar Rossiya va Niderlandiyada murabbiy sifatida ishlashni taqqoslasak, unda RPLda byujet yuqori deb aytolaman. Daraja jihatidan Rossiya chempionati ancha ustunroq. Ayrim futbolchilar esa faoliyati davomida bir klubda o'ynab, xorijga ko'chib o'tishni xayoliga ham keltirmaydi. Bunga misol tariqasida yana o'sha Akinfeev va Zagoev keltiriladi.

Darvoqe, oldinlari Rossiyadan chet elga ko'chib o'tish taqiqlangan edi. NetFlix'da bu haqda hujjatli film ham bor, ammo u xokkey haqida”, deydi Advokat.

Eslatib o'tamiz, ertaga, 5 noyabr kuni Yevropa Ligasi doirasida “Feyenoord” SSKAga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com/